Billiard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir

Billiard (frans. billiard, frans. bille — shar) — gorizontal yuzasiga movut qoplangan to'g'ri to'rtburchak stol, shuningdek shu stolda o'ynaladigan o'yin. Billiard Hindiston va Xitoyda kelib chiqqan. XVI—XVIII asrlarda Yevropa (Fransiya)da tarqaldi. Billiard stolining to'rt burchagi va ikki yonining o'rtasi teshik bo'lib, teshiklarga to'r xaltacha osilgan. Billiard o'yinida fil suyagidan yoki mastikadan qilingan shar (diametri 61-61,5 mm), pishiq yog'ochdan yasalgan tayoqcha — kiy (uzunligi 140-150 sm) bilan urib teshikka tushiriladi. Ikki yoki to'rt kishi tarafma-taraf bo'lib o'ynaydi. Hozirgi vaqtda "amerikancha", "ruscha", "snuker" o'yinlari keng tarqalgan.

O'zbekistonda 1989-yil Billiard sporti federatsiyasi tuzilgan. O'zbekiston chempionligi va kubogi uchun musobaqalar muntazam o'tkaziladi. Bu musobaqalarda Rustam Usmonov bir necha bor g'olib chiqqan. O'zbekistonlik Dmitriy Xan (marhum) Vengriyada o'tkazilgan musobaqada jahon chempioni unvoniga sazovor bo'lgan (1996).

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda