Benzil spirt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Benzil spirt — (fenilkarbinol), C6H5CH2OH — oddiy aromatik spirt. Xushboʻy, rangsiz suyuklik. Mol. m. 108,14, zichligi 1045,5 kg/mgʻ kaynash temperaturasi 205,8°. Spirt, xloroform va boshqa organik erituvchilarda yaxshi, 100 g suvda 4 g eriydi. Benzil spirt tabiatda keng tarqalgan. Efir moylari tarkibida benzilatsetat, benzilbenzoat kabi murakkab birikma holida uchraydi. Benzil spirt benzil xloridga suv va ishqor taʼsir ettirib olinadi:Benzil spirt atirupa, sovun ishlab chiqarishda va loklarni erituvchi modda sifatida qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil