Belorussiya universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Belorussiya universiteti, Belorussiya davlat universiteti — 1921 y. Minsk sh.da tashkil etilgan. Un-t tarkibida biol., geogr., tarix, jurnalistika, mexanika-mat., amaliy mat. va informatika, radiofizika va elektronika, fizika, falsafa-iqtisod, kimyo, yuridik, xalqaro munosabatlar, xorijiy fuqarolar uchun tayyorlov, oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari malakasini oshirish, amaliy mat. va EHM boʻyicha malaka oshirish fakultetlari, shuningdek biznes va texnologiyalar axboroti maxsus fakulteti bor; 14,4 ming talaba oʻqiydi, 121 kafedrada 1410 oʻqituvchi, jumladan 190 prof. va fan d-ri, 800 dan ortiq dotsent va fan nomzodi ishlaydi. Sirtqi boʻlimi mavjud. 1927 y.dan aspirantura, 1988 y.dan doktorantura ishlaydi. Un-tda 3 i.t. instituti, nashriyot, hisoblash-axborot va ilmiy-injenerlik markazlari, asosiy kutubxona, 3 muzey, "Hemislitsa" ilmiytajriba xoʻjaligi, "Naroch" biologiya st-yasi, "Zapadnaya Berezina" ilmini.ch. geografik baza bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil