Bel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bel — tananing bir qismi; bel umurtqalari (orqa oʻsiqlari bilan), ularga yopishgan va ulardan boshlangan muskullar (qorin boʻshligʻining orqa devori)dan iborat. B.ni yuqoridan koʻkrak qafasining pastki chegarasi — 12-qovurgʻa, pastdan — yonbosh suyaklarining tepa qirrasi, oʻrtadan — bel umurtqalarining oʻtkir qirrali oʻsiqlari va yonboshdan — 11-qovurgʻa uchidan yonbosh suyaklarining tepa qirrasiga oʻtkazilgan vertikal chiziq chegaralab turadi. B.da gavdani tikka ushlab turuvchi muskul tutamlari, ularni qoplagan pardalar, yogʻ qatlamlari, qon tomirlari, nerv tolalari bor. Gavdaning tik turishida, shuningdek qaddi-qomat shakllanishida B.ning ahamiyati bor.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil