Bayt ul-hikma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bayt al-Hikma (arab. بيت الحكمة tarj. Hikmatlar uyi) Abbosiylar davrida Bogʻdoddagi yirik kutubxona va tarjima instituti boʻlgan.[1] U Islom oltin davrining asosiy ilm markazi boʻlib hisoblanadi.

Tarixi[tahrir]

ManuscriptAbbasid.jpg

VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi Bogʻdodda ilm-fan rivojlandi. Qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Xristian va islom olimlari oʻrtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa Xorun ar-Rashid oʻlimidan soʻng(813-yil), uning oʻgʻli al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam boʻlib, unga qadar xalifalikning Markaziy Osiyo va Xuroson boʻyicha vakili sifatida Marvda hokimlik qilar edi. Otasining oʻlimidan soʻng xalifa sifatida Bogʻdodga koʻchgach, u yerda ilmiy markaz tashkil etib, unga barcha musulmon oʻlkalari, jumladan, Movarounnahrdan ham olimu fozillarni toʻpladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat koʻrsatib, Bogʻdodda ilm va madaniyat, hamda arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qoʻshdilar. Bu ilmiy markaz „Bayt al-hikma“ deb ataldi.

Izoh[tahrir]

  1. Iraq :: The 'Abbasid Caliphate - Britannica Online Encyclopedia