Bayt al-Hikma
Bayt al-Hikma (arab. بيت الحكمة tarj. Hikmatlar uyi) Abbosiylar davrida Bogʻdoddagi yirik kutubxona va tarjima instituti boʻlgan.[1] U Islom oltin davrining asosiy ilm markazi boʻlib hisoblanadi.
[tahrir] Tarixi
VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalikning markazi Bog`dodda ilm-fan rivojlandi. Qadimgi yunon olimlari Platon (Aflotun), Aristotel (Arastu), Sokrat (Suqrot), Gippokrat (Buqrot), Galen (Jolinus), Yevklid (Iqlidus) kabilarning asarlari arab tiliga tarjima qilindi. Xristian va islom olimlari o`rtasida hamkorlik ishlari amalga oshirildi. Xalifa Xorun ar-Rashid o`limidan so`ng(813-yil), uning o`g`li al-Ma'mun xalifa etib tayinlandi. U ilm-fan, madaniyatga qiziqqan odam bo`lib, unga qadar xalifalikning Markaziy Osiyo va Xuroson bo`yicha vakili sifatida Marvda hokimlik qilar edi. Otasining o`limidan so`ng xalifa sifatida Bog`dodga ko`chgach, u yerda ilmiy markaz tashkil etib, unga barcha musulmon o`lkalari, jumladan, Movarounnahrdan ham olimu fozillarni to`pladi. Bu markazda Movarounnahr, Xurosondan chiqqan Muso al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Marvaziy, Marvarudiy, Javhariy kabi olimlar faoliyat ko`rsatib, Bog`dodda ilm va madaniyat, hamda arab ilmini olamga mashhur qilishda ulkan hissa qo`shdilar. Bu ilmiy markaz "Bayt al-hikma" deb ataldi.
[tahrir] Izoh
- ↑ Iraq :: The 'Abbasid Caliphate - Britannica Online Encyclopedia