Bavariya Myunxen

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bavariya Myunxen
Bayern Munchen.png
Toʻliq nomi FC Bayern München AG
Qachon asos solingan 27 fevral 1900
Stadioni Allianz Arena
Stadion hajmi 69901
Rahbar Franz Beckenbauer
Murabbiy Ottmar Hitzfeld
Internet Adresi fcbayern.t-com.de
Liga Bundesliga
2006-07 Bundesliga, 4.
Mezbonda


Mehmonda


Zahira


Bavariya Myunxen

To'liq nomi: Bavariya (Myunxen, Germaniya)

Tashkil topgan vaqti: 1900-yil

Rasmiy sayti: www.fcbayern.t-com.de

Stadion: «Alyans Arena» (66 261 tomoshabin)

Forma rangi: qizil

Haqida[tahrir]

Myunxenning «Bavariya» klubi katta miqdordagi soliq stavkalariga qaramay o'zida mashhur futbol yulduzlarini ushlab tura oladigan Germaniyaning eng ko'zga ko'ringan jamoalaridan biri. 1980-yillarda «Bavariya» Italiya futbol maktabining tayyorlov sinfiga aylanib qolgan edi: Karl-Heinze Rumminigge, Andre Breme va Lotar Matteuslar Milanning "Inter"iga o'tib ketishdi,Stefan Roeter va Jurgen Kohler esa "Juventus"ga. Yuqoridagi transfer siyosatidagi «Bavariya»ning aktivligi uning barcha yutuqlari qo'lga kiritilganiga hali uncha uzoq vaqt bo'lmaganligini ko'rsatadi. (1932-yildagi mamlakat chempionligi va 1957-yildagi mamlakat kubogi bundan mustasno)

Franz Beckenbauer, Herd Muller, Zepp Meier, Paul Breitner, Rumminigge va Matteus kabi «Bavariya»ning hozirgi kunga qadar kiritgan barcha eng katta yutuqlarini qo'lga kiritishda o'z hissalarini qo'shgan futbolchilar «Jahon futbolida kim aslida kim?» degan ensiklopedik lug'atdan o'rin olishga loyiqdirlar.

Avvalboshda Germaniya chempionati alohida hududiy birinchiliklardan iborat bo'lib, unda g'olib chiqqan jamoalar mavsum so'nggida chempionlik uchun to'g'ridan to'g'ri kurash olib borar edilar. II Jahon Urushiga qadar «Bavariya» bir marta mamlakat chempioni bo'lgan: 1932-yilda Frankfurtning «Ayntraht»ini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan.

Keyingi katta yutuqni «Bavariya» faqat 1957-yilga kelibgina qo'lga kirita oldi. Bu gal Myunxen klubi mamlakat kubogi finalida Dyusseldorfning «Fortuna»sini 1:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Haqiqatdan ham «Bavariya»ning u davrdagi yutuqlari ko'zga ko'rinarli emasdi, hatto jamoa birinchi martta 1963-64-yillarda o'tkazilgan bundesliga bahslarida ham qatnashish huquqini qo'lga kirita olmagan edi.

Ammo keyingi yili «Bavariya» bundesligada ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi. 1966-yilda u kubok bahslarida g'alaba qozondi, 1967-yilda esa Yevropa Kubok egalari Kubogini qo'lga kiritdi (asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqada «Reynjers» ustidan g'alaba qozongan edi). O'sha davrda jamoaning asosiy yadrosi va harakat kuchi hujumkor himoyachi Beckenbauer, mohir darvozabon Meier va raqib darvozasiga tinmasdan gol uruvchi to'purar Muller edi. Yuqoridagi uch futbolchi «Bavariya» ketma-ket chempionlar Kubogini qo'lga kiritgan 1970-yillarda jamoani tom ma'noda o'zgartirib yuborgan edilar. 1980-yillarda Myunxen klubi ikki martta Chempionlar kubogida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritdi, ammo bu ishqibozlarni qoniqtirmas edi: ular jamoa a'zolarini juda ham o'zlariga ishonishda va juda hotirjamlikda ayblar edilar. «Bavariya»ga hoz bo'lgan g'alabaga bo'lgan iroda va ishtiyoq faqatgina Buyuk Kayzerning jamoaga qaytishidan keyin kuzatildi. Avvaliga Beckenbauer vitse prezident sifatida faoliyat olib bordi, keyin murabbiy va so'nggida Prezident. 1996-yili «Bavariya» UEFA kubogida g'olib chiqdi va Yevropaning barcha uch shohsupasini egallagan to'rtinchi jamoaga aylandi.

«Bavariya»ning oxirgi eng katta yutug'i: 2000/01 yilgi masumda UEFA Chempionlar Ligasida g'alabasi bo'ldi. O'shanda Germaniyaning super klubi «Valensiya» ustidan penaltilar seriyasida g'alaba qozongan edi.

Natijalar[tahrir]

  • Germaniya Chempioni: 16 marta
  • Germaniya Kubogi: 9 marta
  • Chempionlar Kubogi: 4 marta
  • Kubok egalari Kubogi: 1967-yil
  • UEFA Kubogi: 1996-yil
  • Qit'alararo Kubok: 1976-yil