Lidiya Bat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Bat Lidiya Grigoryevnadan yoʻnaltirildi)
Lidiya Grigoryevna Bat
Asl ismi Лидия Григорьевна Бать
Tavalludi 1897 yoki 1900-yil 5 (17) may
Vafoti 1980-yil 10-yanvar
Moskva, SSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi, SSSR
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi

Lidiya Grigoryevna Bat (1900—1985) — rus yozuvchisi va tanqidchisi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970). Ijodini hiyuya, ocherk va taqrizlar yozishdan boshlagan, keyinroq qissalar yozgan. A. I. Deych bilan hamkorlikda yozgan ikki qissasi: "Fritof Nansen" (1936), "Taras Shevchenko" (1939) dan soʻng "Buyuk isteʼdod" (1958), "Haqiqat uchun rahmat" (1961), "Dengiz hayqiradi" (1967), "Unutilmas uchrashuvlar" (1970) kabi asarlarni yaratdi. Uning oʻzbek xalqi hayoti va adabiyoti bilan yaqin aloqasi Toshkentda (1942 — 44) yashagan yillarida boshlangan. Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan "Hayot boʻstoni" (1948) qissasi B. adabiy faoliyatida muhim oʻrin tutadi. Hamza, Gʻ. Gʻulom, H. Olimjon, A. Qaxhor, Zulfiya, A. Muxtor va boshqa ijodi haqida maqolalar, ocherklar, taqrizlar yozgan. M. Qoʻshjonov bilan hamkorliqda yaratgan "Oybek" (1966) tanqidiy-biografik ocherki oʻzbek adabiyoti taraqqiyotiga salmoqdi hissa boʻlib qoʻshilgan. I. Sultonov bilan hamkorliqsa Hamzaning "Maysaraning ishi", "Paranji sirlari" (1951), V. Smirnova bilan hamkorlikda Abdulla Qodiriyning "Oʻtgan kunlar" (1958), "Mehrobdan chayon" (1961) asarlarini rus tiliga tarjima qilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil