Bashorat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bashorat (arab. — xushxabar, suyunchi xabar) — ilmiy bilishning bir shakli, hali fanga toʻla maʼlum boʻlmagan, imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar toʻgʻrisida oldindan fikr aytish. B. ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi, shundan kelib chiqadi. Har bir fan B. uchun boy material beradi. Mas, astronomiyadagi bili ml ar Oy va Quyosh tutilishi muddatini bir necha yil oldin aiiq qilib belgilash imkonini berdi; kimedagi bilimlar asosida hali topilmagan elementlar oldindan aytildi va h. k. Nazariy va tajriba maʼlumotlarini umumlashtirish, hodisalar qonuniyatlari va aloqasini hisobga olish asosida oldindan aytish ijtimoiy hayotda, fan rivojida muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil