Barbarossa rejasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Barbarossa" rejasi ("Barbarossa Fall") — fashistlar Germaniyasining sobiq Sovet Ittifoqiga qarshi urush ochish rejasining shartli nomi (Barbarossa — bu Germaniya imperatori boʻlib davlat yerlarini sharqqa yurish hisobiga kengaytirishga harakat qilgan va buni boshlagan birinchi imperator hisoblanadi). 1940 y. 21 avg .dan boshlab ishlab chiqilib, shu yil 18 dek. da tasdiqlangan. Unda Dnepr va G‘arbiy Dvina daryolaridan g‘arbroqdagi hududda Qizil Armiyaning asosiy kuchlarini yashin tezligida tor-mor qilib, Arxangelsk-Volga-Astraxon chizig‘iga chiqish, 2 — 3 oy ichida urushda g‘alaba qozonish mo‘ljallangan edi. Sobiq Ittifoq xalqlarining jasoratlari va behisob qurbonlari evaziga "B." r. barbod bo‘ldi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil