Bandixon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bandixon — Surxondaryo viloyatidagi dara. Boysunsoy vodiysi Takasakiradi tizmasini kesib oʻtgan joyda. B.ning uz. 10 — 12 km, tagining eng tor joy 8 — 10 m. Yon bagʻirlari tik, jan. yon bagʻrida baʼzan qiyaroq joylari ham uchraydi. B. yon bagʻirlari boʻr davrining gil, gips, ohaktosh, alevrolit jinslaridan, suvayirgʻich qismi paleogen ohaktoshlaridan tuzilgan. Ohaktosh jinslari qattiq boʻlganidan kam yemiriltan. Boysunsoy bu darada tor (4 — 5 m) oʻzanda oqadi. Boysun bilan Qumqoʻrgʻon shaharlari oʻrtasidagi eng yaqin yoʻl shu daradan oʻtadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil