Balxash (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Balxash tumani
Балқаш ауданы

Gerb
Gerb
tuman
Tarkibida Almati viloyati
Maʼmuriy markazi Baqanas
Asos solingan sanasi 1932-yil
Aholi (2013) 30,584[1] (16-oʻrin)
Zichligi 0,8 kishi./km²
Millatlar tarkibi

qozoqlar (90,86 %)
ruslar (6,57 %)
olmonlar (0,85 %)
koreyslar (0,51 %)


uygʻurlar (0,49 %)[2][3]
Dinlar tarkibi musulmonlar, xristianlar
Maydoni 37,4 ming km² (1-oʻrin)
Vaqt mintaqasi UTC+6
Telefon kodi +7 72773[4]
Pochta indeksi 040300-040318[5]
Avtomobil raqami kodi B, 05
Xaritada
Balxash tumani xaritada
Koordinatalari: 45°20′0″N 75°45′0″E / 45.33333°N 75.75000°E / 45.33333; 75.75000 G O

Balxash tumani (qozoqcha: Балқаш ауданы) — Almati viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan maʼmuriy hudud. 1932-yil tashkil topgan. Yer maydoni 37,4 ming km2. Aholisi 30,5 ming kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ge 0,8 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Baqanas qishlogʻi .

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman aholisi 2013-yilgi maʼlumot boʻyicha 30,584 kishini tashkil qildi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ge 0,8 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibini quyidagi jadvaldan koʻrishingiz mukin: (1-yanvar 2010-yil)[2][3]:

  • qozoqlar — 27 254 kishi (90,86 %)
  • ruslar — 1 971 kishi (6,57 %)
  • olmonlar — 255 kishi (0,85 %)
  • koreyslar — 152 kishi (0,51 %)
  • uygʻurlar — 148 kishi (0,49 %)
  • ukrainlar — 90 kishi (0,30 %)
  • boshqalari — 126 kishi (0,42 %)
  • Jami — 29 996 kishi (100,00 %)

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yer yuzasi tekislikdan iborat. Tumandagi eng yirik daryo — Ile. Iqlimi kontinental. Qishi sovuq, yozi issiq va quruq. Yanvar oyining oʻrtacha harorati (-13 — 15 °C), iyulniki 24 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman iqtisodining asosiy sohasi — qishloq xoʻjalgi. Tumandagi qishloq xoʻjaligi foydalanadigan yerning maydoni 1,8 mln. ga. Haydalgan yeri 17 ming ga. Unga buyʼdoy (7,8 ming ga), guruch (8,1 ming ga), koʻkatlat (335 ga) va kartochka (411 ga) ekiladi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]