Baliqchi tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Baliqchi tumani
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Baliqchi (shahar)
Asos solingan sanasi 1926
Hokim Abdurayimov Jasurbek Odilovich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 150 800
Zichligi 446 kishi./km²
Dinlar tarkibi musulmonlar
Maydoni 340 km²
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 427 m
Vaqt mintaqasi UTC+5
Xaritada
Baliqchi tumani xaritada
Koordinatalari: 40°54′00″N 71°51′10″E / 40.90000°N 71.85278°E / 40.90000; 71.85278 G O

Baliqchi tumani, Andijon viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoliy-gʻarbiy qismida. 1926-yil 29-sentabrda tashkil etilgan. Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinkoʻl, Boʻz, Ulugʻnor tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,34 ming km2. Aholisi.150 mingdan ziyod. Baliqchi tumanida 2 ta shahar (Chinobod va Baliqchi) va 8 qishloq fuqarolari yigʻini (Olimbek, Boʻston, Guliston, Oxunboboyev, Siza, Xoʻjaobod, Eski Haqqulobod, Oʻrmonbek) bor. Markazi — Baliqchi shahri.

Tabiati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman hududi tekisliklardan iborat. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4°, iyulniki 26°. Yiliga oʻrtacha 195 — 210 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 235 kun. Tuman hududidan Qoradaryo, Mazgilsoy, Chinobodsoy va Katta Andijon kanali oqib oʻtadi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq. Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirq-boʻgʻin, gʻumay, qoʻypechak, yalpiz oʻsadi. Echkemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi, asosan oʻzbeklar; ruslar, tatarlar, tojiklar, uygʻurlar va b. ham yashaydi. 1 km2 ga 416 kishi toʻgʻri keladi.

Xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tuman, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan. Tumanda 6 sanoat korxonasi bor: Baliqchi notoʻqima matolar i.ch. aksiyadorlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Interneyshnl Oʻzbek-Amerika qoʻshma korxonasi, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati, Baliqchi notoʻqima matolar ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati korxonasining ip oʻrash sexidasport buyumlari i.ch. aksiyadorlik jamiyati, Baliqchi non i.ch. aksiyadorlik jamiyati, „Baliqchi tongi“ aksiyadorlik jamiyati. 2 mexanizatsiyalashgan Koʻchma aksiyadorlik jamiyati boʻlib, biri suv inshootlari qurish va yangi yerlarni oʻzlashtirish bilan shugʻullanadi, ikkinchisi xoʻjaliklararo qurilish boshqarmasi. Boʻrdoqchilik bazasi, Baliqchi va Chinobod mashina traktor parklari mavjud. Tumanda Baliqchi matlubot aksiyadorlik jamiyati, Chinobod matlubot aksiyadorlik jamiyati faoliyat koʻrsatadi. Tumanda 1 ta qoʻshma korxona, mingdan ortiq kichik va xususiy korxona mavjud. Bulardan eng mashhurlari: „Muhammad“ savdo va i.ch. firmasi, „Nargiz“ firmasi, „Navroʻz — 9“ savdo i.ch. firmasi, Chinobod fermer xoʻjaligi.

Xoʻjaliklar chorvachilik, bogʻdorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik va sholikorlik bilan shugʻullanadi. Q. x.da sugʻoriladigan yerlar 23,0 ming ga, ekinzorlar 19,0 ming ga, shu jumladan 11,3 ming ga yerga paxta, 6,0 ming ga yerga bugʻdoy, 0,3 ming ga yerga sabzavot, 0.05 ming ga yerga kartoshka, 1,3 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. B. t.da 19 jamoa va shirkat xoʻjaligi, 525 fermer xoʻjaligi bor. Xayrixon Ergasheva nomidagi, „Chinobod“, „Paxtakor“, „Oʻzbekiston“. A. Moʻminov nomidagi. „Boʻston“, Ulugʻbek nomidagi shirkat xoʻjaliklari tumandagi yirik va mashhur xoʻjaliklardir.

Baliqchi tumani 2000-2019-yillarda davlatga qariyb 1.2 million tonna paxta, 1.5 million tonnadan ortoq bugʻdoy topshirib, shartnoma rejasini ortigʻi bilan bajardi.

Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 37,9 ming qoramol, 26,7 ming quy va echki, 70,1 ming parranda boqiladi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Haqqulobod (tuman markazidan 29 km). 1999/2000 oʻquvHayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xoʻjaligining paxta dalalarida yilida 52 umumiy taʼlim maktabi boʻlib, 32,7 ming oʻquvchi, 1 gimnaziyada 252 oʻquvchi, 1 akademik litseyda 207 oʻquvchi, 1 maxsus maktab-internatda 250 oʻquvchi, 2 kollejda 1200 oʻquvchi, 1 iqtisodiyot litseyida 251 oʻquvchi taʼlim oldi. Madaniyat saroyi, markaziy kutubxona, musiqa maktabi, 50 ommaviy kutubxona, 13 madaniyat uyi, ijodkorlar uyi, 2 koʻchma klub, 740 oʻrinli 4 kasalxona va dispanser, 10 qishloq ambulatoriyasi, 350 oʻrinli bolalar va oʻsmirlar sport maktabi, 200 oʻrinli bolalar musiqa va sanʼat maktabi, 42 tibbiyot punkti boʻlib, ularda 250 vrach, 1996 nafar oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishladi (2000). 1932-yildan „Gʻalaba“ tuman gazetasi chiqadi (adadi 3000).[2]

Maʼmuriy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baliqchi tumani Namangan viloyatining Norin tumani va Andijon viloyatining Izboskan, Shahrixon, Oltinkoʻl, Boʻz, Ulugʻnor tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,34 ming kvadrat kilometr.

Baliqchi tumanida oʻz ichiga 60ta qishloqni olgan 2ta shahar 8ta qishloq fuqarolari yigʻini bor.

  • Chinobod sh.
  • Baliqch sh.
  • Olimbek
  • Boʻston
  • Guliston
  • Oxunboboev
  • Siza
  • Xoʻjaobod
  • Eski Xaqqulobod
  • Oʻrmonbek
  • Goʻravon

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Baliqchi tumani hududi tekisliklardan iborat. Yanvarning oʻrtacha harorati — minus 4 daraja, iyulniki — 26 daraja. Yiliga oʻrtacha — 195-210 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 235 kun. Tuman hududidan Qoradaryo, Mazgilsoy, Chinobodsoy va Katta Andijon kanali oqib oʻtadi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq, oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdevona, yantoq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypechak, yalpiz oʻsadi. Echkiemar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakesak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha uchraydi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aholisi — 150 mingdan ziyod. Aholisi, asosan oʻzbeklar; ruslar, tatarlar, tojiklar, uygʻurlar va boshqa millat vakillari yashaydi. 1 kvadrat kilometrga 446 kishi toʻgʻri keladi.

  1. Baliqchi tumani
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]