Balandlik oʻlchagich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Balandlik o‘lchagichdan yoʻnaltirildi)

Ta’rifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Balandlik oʻlchagich, altimetr — uchish apparati (mas, samolyot)ning qancha balandlikda uchayotganini koʻrsatadigan asbob. Barometrli va radio Balandlik oʻlchagichlar yuqoriga koʻtarilgan sari bosimning pasayib borishiga asoslangan; bu asbob shkalasidagi darajalar oraligʻi bir-biriga teng. Balandlik oʻlchagich 20 ming m va undan balandliklarni oʻlchaydi. Balandlik oʻlchagich bir milli yoki ikki milli boʻlishi mumkin; ikki milli balandlik oʻlchagichda millarning biri yuz metrlarni, ikkinchisi ming metrlarnn koʻrsatadi. Bir milli Balandlik oʻlchagich oʻlchash aniqligi ±50 dan ±100 m gacha, ikki milliniki ±5 dan ±10 m gacha. Radio Balandlik oʻlchagich uchish balandligini 1 m gacha aniqlikda oʻlchashga imkon beradi.[1]

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barcha barometrik balandlik o‘lchagichlar (altimetrlar) deyarli bir xil tuzilishga ega. Lekin samolyot turiga qaram tashqi ko‘rinishi har xil bo‘lgan variantlari qo‘llanilishi mumkin.

Altimetning ichki tuzilishi
Altimetning ichki tuzilishi











Avvalgi samolyotlarda qo‘llanilgan ilk altimetrlar anchagina noqulay bo‘lgan. Ularning ko‘rinishi avtomobil spidometriga o‘xshagan bo‘lib, bitta strelkali bo‘lgan va 0 metrdan 1000 metrgacha bo‘lgan qiymatlarni ko‘rsatgan. Mazkur strelka ostida esa xuddi avtomobilning odometriga o‘xshagan raqamli darcha bo‘lib, faqta u bosib o‘tilgan masofani emas, balki balandlikning minglarga teng qiymatini ko‘rsatgan. Ya’ni, uchuvchi strelkaga qarab o‘n va yuz metrlarni aniqlasa, raqamli darchaga qarab esa ming metrlarni aniqlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1. "Balandlik oʻlchagich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 2. Muxammad Olim H.U. Aviatsiya asboblari va uchish-navigatsiya uskunalari. TDTrU: - Toshkent, 2022. 92 b.