Azroil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Azroil — islom dinida to‘rt bosh farishtadan biri (Jabroil, Mikoil va Isrofil bilan birga), jon oluvchi farishta. Rivoyatlarga ko‘ra, Azroil dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh Odam Atoni yaratish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat Azroil bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. Azroil taqvodorlarning jonini oson, gunohkorlarning jonini esa qiynab oladi degan fikrlar mavjud.


Azroil — islom dinida to‘rt bosh farishtadan biri, jon oluvchi farish-ta. Rivoyatlarga ko‘ra, A. dastlab oddiy farishta bo‘lgan, Alloh Odamatoni yara-tish uchun farishtalarni yerdan tuproq olib kelishga yuboradi. Yer qarshilik ko‘rsatadi va farishtalar undan bir siqim ham yulib ololmaydilar. Bu ishni faqat A. bajarganligi sababli u o‘limdan ustun turuvchi farishta deb hisoblangan. U to‘rt ming qanotli, to‘rt yuzli va tana-sida yer yuzida yashovchilar qancha bo‘lsa, shuncha ko‘zi hamda tili bo‘lgan dahshatli mahluq shaklida tasvirlanadi. A. odam-lar taqdirini biladi, ammo ularning 228har birining o‘lish vaqtini bilmaydi. Bu muddat yaqinlashganda Alloh taxti ol-dida o‘sadigan daraxtdan o‘limga mahkum etilgan kishining nomi yozilgan barg uzi-lib yerga tushar ekan. Shundan keyingina A. qirq kun ichida uning jonini olishi kerak ekan. A. taqvodorlarning jonini osongina, gunohkorlarning jonini esa qiynab olar ekan. Joni olinayotgan odam A.ga turli qarshiliklar ko‘rsatsada, pi-rovard natijada yengilar ekan.Xristianlikdagi to‘rt asosiy fa-rishta (arxangellar — Gavriil, Mixail, Azrail, Serafiil) islomdagi Jabroil, Mikoil, Azroil va Isrofilga muvofiq keladi. Bular Qur’onda "al-muqarrabun" (yaqinlar, yaqinlashtirilganlar) deb atalgan. [1]

Manbalar[tahrir]

Фаришталарга имон

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil