Avtomat (qurol)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Pulemyoti Kalashnikov PK

Avtomat qurol — o'q otish quroli. U oʻq (snaryad) otilganda hosil bo'lgan porox gazining quvvati bilan o'z-o'zidan o'qlanib otilgani uchun shunday ataladi. U uzluksiz va yakka olish imkonini beradi. Avtomat qurol 19-asrning 2-yarmida paydo bo'lgan.

Quyidagi turlarga bo'linadi:

  • Avtomat pistoletlar — yaqin masofa (50 m)ga o'q otadigan qurollar;
  • Pistolet-pulemyotlar — 300 m gacha masofadagi noshonga zarba beruvchi qurollar;
  • O'zi o'qlanuvchi va o'zi otiluchi avtomat miltiqlar - 600 m ga qadar masofadagi nishonga bittalab otish uchun mo'ljallangan. Oʻq bittalab otilganda minutiga 25-30 ta o'q otish mumkin;
  • Qo'l pulemyotlari — 800 m masofadagi nishonga otishga muljallangan qurollar. Bittalab minutiga 120 donaga qadar oʻq otish mumkin;
  • Stanokli pulemyotlar — 1000 m va undan uzoq, (2-2,5 km) masofadagi nishonga zarba berish uchun ishlatiladigan kuchli qurollar. Minutiga 250 ga qadar oʻq otadi. Stanokli pulemyotlar pastroq uchuvchi dushman samalyotlariga zarba bera oladi;
  • Yirik kalibrli pulemyot (odatda, kalibri 12,7-15 mm) — tank va samolyotlarga o'rnatiladigan qurol, havodagi nishonlarga zarba berish, yengil zirh bilan qoplangan nishonlarga qarshi kurashish uchun mo'ljallangan qurol;
  • Avtomat toʻp (kalibri 20 mm va undan katta) — asosan havodagi nishonlarga zarba berish uchun tank va samolyotlarga o'rnatiladigan qurol.
Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda