Avtomat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Disambig.svg Avtomat soʻzini bildiruvchi bir necha sahifa topildi.
Ushbu sahifaga sizni olib kelgan maqoladagi tegishli ishoratni bu yerga emas, toʻgʻri kerakli maqolaga yoʻnaltirishingiz mumkin.


Avtomat (yun. automatos — o‘zi harakatlanuvchi) — 1) ma’lum ishda-gi barcha jarayonlarni berilgan dastur bo‘yicha kishining ishtirokisiz o‘zi ba-jaradigan qurilma. A.ni bir oz sozlab, ayrim hollarda nazorat qilib turish kerak bo‘ladi. Avtomobil dvigatellari porshenini ishlab chiqaradigan avtomat-lashtirilgan z-dda metallni eritishdan tortib, to tayyor porshen olish, por-shenlarni saralash va hatto yashiklarga joylashgacha barcha ishlarni A.lar baja-radi. Yarim A.larda ayrim operatsiya ba-jarilgach, mashina o‘z-o‘zidan to‘xtaydi, uni ishchi yana yurgizib yuboradi. A. va yarim A.lar mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoatlarida, q.x.da keng qo‘llaniladi. Mas, paxta ekishda seyalka-ning uyaga chigit tashlab beradigan qismi oddiy A. hisoblanadi.A.lar texnologik (turli avtomatlash-tirilgan agregatlar va b.), energetik (avtomatik asboblar, qurilmalar va b.), transport (avtomashinist, avtopilot va b.), hisoblash-yechish (hisoblash mashina-lari va b.), savdo (magazin-avtomat va b.), harbiy (avtomatik qurollar va b.), mai-shiy avtomatlar, o‘yin avtomatlari va b. turlarga bo‘linadi."O‘zi harakatlanadigan" mexanizm-lar qadimdan ma’lum. Prujinali va mayatnikli soatlarning yaratilishi (17-a) A. rivojiga ancha ta’sir etdi. A.dan sanoatda foydalanish 18-a.ga — sanoat inqilobi davriga to‘g‘ri keladi. Elektro-texnikaning rivojlanishi (19-a.) elektr yordamida harakatlanadigan A.ning pay-do bo‘lishiga olib keldi. Elektronika-ning paydo bo‘lishi (20-a.) bilan tamoman yangi elektron avtomatik qurilmalar va boshqaruvchi hisoblash mashinalari pay-do bo‘ldi. Shu tufayli A.ning imkoni-yatlari va qo‘llanilish sohalari borgan sari kengaymoqda; 2) kibernetikaning asosiy tushunchalaridan biri; diskret (rakamli) axborotlarni diskret vaqt taktlari bilan qayta ishlaydigan texnika va biologik tizimning mavhum modeli (q. Avtomatik boshqarish nazariyasi). [1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil