Atropatena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atropatena (yoki Kichik Midiya, Aderbigan) – Janubiy Ozarbayjonning yunoncha nomi. A. qadimgi Midiyaning shimoliy qismini (hozirgi Talish toglari, Arake daryosi va Urmiya koʻllari hududini) oʻz ichiga olgan. A. shu joyning miloddan avvalgi 4-asrdagi hokimi – Atropat (Axomaniylar satrapi) nomidan olingan. Antik davr muarrixlarining A. haqida bergan ma’lumotlari A.ni ilk kuldorlik davlati va zardushtiylik dinining asosiy mar-kazlaridan biri deb hisoblash imkonini beradi. 7-asrda A. Arab xalifaligi tomo-nidan fath etilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil