Atom yadrolari izomeriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atom yadrolari izomeriyasi – baʼzi atom yadrolarining nisbatan uzoq yashash vaqtiga ega uygʻongan (metastabil) holatlarda boʻlish hodisasi. Bu hodisani 1921-yilda nemis olimi Otto Hahn va PaB4 (UZ) izotoplarida kuzatgan. Bu ikki izotop oʻzidan R-zarra chiqarib, bir xil izotop U234, ammo ularning yarim – yemirilish davri har xil boʻlib, UZ uchun 6,66 soat, U uchun 1,175 daqiqa. Xuddi shunday hodisani 1935-yil Igor Kurchatov, Lev Misovskiy va Lev Rusinovlar Vg80 izotopida kuzatganlar. Atom yadrolari izomeriyasi quyidagicha tushuntiriladi: sunʼiy element atom yadrolarining asosiy va uygʻongan holatlarida hosil boʻladi. Koʻpchilik yadrolar juda qisqa vaqt (10-22 – 10_10s) da nurlanish yoki ichki konversiya natijasida uygʻongan holatdan asosiy holatga oʻtadi. Baʼzi yadrolar (izomer yadrolar)da maʼlum uygʻongan holat nisbatan uzoq vaqt (YU-9s dan bir necha oygacha) saqlanib qoladi. Bunday holatlar metastabil holatlar deb ataladi. Veytszekker gipotezasiga asosan metastabil holatlar oʻzining asosiy holatidan kichik energetik oraliq (AYE<0,1 MeV) va katta harakat miqdori momenti bilan farq qiladi. Uygʻongan holat oʻzining asosiy holatidan katta spini bilan farq qilsa, radiatsion oʻtish ehtimoli juda kichik boʻladi. Masalan, Vg80 uchun metastabil holat spini asosiy holat spinidan 3 ga farq qiladi.

Sezilarli miqdorda neytron va proton sonlari toq boʻlgan yadrolarda ham atom yadrolari izomeriyasi mavjud. Ammo koʻpgina neytron va proton sonlari juft boʻlgan yadrolarda Atom yadrolari izomeriyasi juda kichik yashash vaqtiga ega; ajoyib istisnolardan biri gafniy-180 yadrosi (T = 5,5 soat).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]