Atmosfera yogʻinlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera yogʻinlari – bulutlardan yogʻadigan yoki havoda suv buglarining kondensatlanishi natijasida yer yuzasiga va oʻsimliklar sirtiga tushadi-gan tomchi yoki muz holatidagi suv. Bulutlardan yomgʻir, qor, hoʻl qor va muz dona-chalari, doʻl va hokazo yogʻadi. Havodagi suv bugʻlaridan shudring, qirov, bulduruq va boshqa hosil boʻladi. Oʻta sovigan yomgir, tu-man yer yuzasida va narsalar ustida muz qatlamlari hosil qiladi. Atmosfera yogʻinlari davom-li va oʻrtacha tezlikda, jala shaklida va mayda shivalab yogʻuvchi yogʻinlarga aj-ratiladi. Davomli va oʻrtacha tezlikda yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli yomgʻir beruvchi va yuqori qatlam bulutlardan yogʻadi. Jala boʻlib yogadigan Atmosfera yogʻinlari yomgʻirlitoʻp bulutlardan yirik tomchi yoki pagʻa-pagʻa qor, mayda muz donachalari, yezda esa doʻl sha-klida yogʻadi, tusatdan katta tezlik bilan boshlanib, tezda tuxtaydi, issiq davrda esa momaqaldiroq bilan birgalikda oʻtadi. Mayda shivalab yogʻuvchi Atmosfera yogʻinlari qatlamli bulutlardan (ba’zan tumanlardan) mayda tomchi va tez eriydigan qor shaklida yogʻadi. Atmosfera yogʻinlari meteorologik stansiyalarda yomgʻir oʻlchagich, yogin ulchagich va plyuvi-ograflar, katta maydonlarda esa radio-lokatorlar yorda-mida Ulchanadi. Yerga tushgan Atmosfera yogʻinlari mikdo-ri suv balansini koʻrsatadigan mm bilan, jadalligi esa vaqt birligi (min., soat, sutka)dagi miqdori (mm) bilan ulchanadi. Atmosfera yogʻinlari miqdori Oʻrta Osiyo hududi boʻylab gʻoyat notekis taqsimlanadi. Ularning yillik miqdori tekisliklarda oʻrtacha 100 – 200 mm, togʻ oldi va togʻli rayonlarda 500 – 1000 mm, ba’zan 1500 mm va undan koʻproq. Yogʻinlar tekisliklarning katta qismida, togʻ oldi va ba’zi tomi rayonlarda yoz oylarida eng kam, bahor (mart – aprel) yoki kuz (oktabr – noyabr)da eng koʻp yogʻadi. Shimoliy va baland togli rayonlarda esa eng koʻp yogʻingarchilik aprel – may oylarida kuzatiladi. Yezda faqat togli rayonlardagina yogʻingarchilik boʻladi. Oʻrta Osiyoning yogʻinlari kam tushadigan rayonlarida yoginlarning sut-kalik maksimum ekstremal miqdori 30 – 50 mm, yogʻingarchilik koʻp boʻladigan rayonlarda esa sutkalik maksimum miqdor 100 mm va undan koʻproq. Atmosfera yogʻinlari kuzatila-digan kunlar soni bir yilda 40 – 200 oʻrtasida oʻzgarib turadi. Atmosfera yogʻinlari qish – bahor davrida yerda tuproq nam zaxira-sini hosil qiladi, bu esa qishloq xoʻjaligida katta ahamiyatga ega. Atmosfera yogʻinlari yetarli (yiliga 200 mm va undan koʻproq) boʻlgan sharoitlarda eqilgan ekin tabiiy nam hisobiga unib chikadi, natijada birinchi sugorishni keyinroqqa surish mumkin boʻladi.Hamid Abdullayev, Olga Subbotina.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil