Atmosfera elektri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Atmosfera elektriatmosferada sodir boʻlib turadigan hodisalar tufayli paydo boʻladigan elektr. Bunga har xil meteorologik elementlar, ayniqsa, bulut, yogʻin, momaqaldiroq, chang 758boʻronlari katta ta’sir qiladi. Shuning uchun atmosfera elektri asosan "ochiq" yoki "risoladagi" ob-havoda oʻrganilgan. Atmosfera elektrining paydo boʻlishiga ionizatorlar yordamida ionlashgan molekula va atomlar sha-klidagi elektr zaryadlari sabab boʻladi. Bunda hosil boʻlgan ionlar massalari bilan bir-biridan farqlanadi. Atmosfe-ra gaz molekulalari toʻplamidan tashkil topgan va 15 – 30 molekula massasidan iborat boʻlgan ionlar yengil, bundan taxminan 2000-marta katta ionlar ogʻir ionlar deb yuritiladi. 1 sm3 havoda taxminan ikki xil ishorali 500 – 600 yengil ion borligi aniqgsangan. Ogʻir ionlar soni juda ham oʻzgaruvchan boʻlib, 1 sm3da bir necha minggacha yetadi, koʻpincha, yer yuziga yaqin qatlamda uchraydi. Atmosferaning asosiy ionizatorlari: 1) atmosferaning hamma qatlamlariga ta’sir etuvchi kos-mik nurlar; 2) atmosfera va Yerdagi radi-oaktiv moddalarning nurlanishi (ular 5 – 6 km balandlikkacha ta’sir qiladi); 3) Quyoshning ultra-binafsha va korpusku-lyar nurlari (ular atm.ning 50 – 60 km dan yuqori qatlamlarida ta’sir qiladi). Atmosferaning ionlanishi tufayli elektr maydoni va elektr toklari pay-do boʻladi, havo elektr oʻtkazuvchan boʻlib qoladi. Havoning elektr oʻtkazuvchanligi balandlik oshgan sari keskin oshadi va ionosfera qatlamlarida katta miqdorga yetadi. Elma chiroqlari ’ayashin Atmosfera elektrining koʻrinishlaridan biridir. Atmosfera elektrining elektr uzatish va aloqa tarmoqlariga, aviatsiyaga, baland bino va qurilmalarga zararli, ba’zan xavfli ta’siri mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil