Astronomiya-geodeziya tarmogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Astronomiya-geodeziya tarmogʻi – bir-biridan taxminan 70–100 km uzoqlikda joylashgan astro-nomiya-geodeziya punktlarining oʻzaro bogʻlangan tizimi. Ana shunday punktlarning geografik koordinatalari ma-sofa va burchaklarni geodezik oʻlchashdan, astronomik kuzatishlardan topiladi. Astronomiya-geodeziya punktining geo-grafik kenglamasi, uzunlamasi va azi-mutini geodeziya usullarida oʻlchanadi, soʻngra Yerni aylanma ellipsoid deb fa-raz qilib, astronomik kuzatishlardan olingan ma’lumotlarga taqqoslanadi. Ikkala usulda olingan natijalar farqi qabul qilingan ellipsoidning geoiddan farqini ifodalaydi. Uni hisobga olib yangi ellipsoid qabul qilinadi va shu yoʻl bilan Yerning haqiqiy shakli va oʻlchamlariga yaqinlashiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil