Astrodinamika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Astrodinamika – Osmon mexanikasining boʻlimi. Yerning sunʼiy yoʻldoshi, kosmik kema, sayyoralararo stansiya va kosmik apparatlarning harakat nazariyasini oʻrganadi. Astrodinamikani baʼzan „kosmodinamika“, „osmon ballistikasi“ debham atashadi. Har qanday sunʼiy kosmik kemani bir orbitadan ikkinchisiga oʻtkazish, optimal orbitalar topish, uni maʼlum yulduzlarga nisbatan oriyentirlash kabi qator muhim masalalar ham Astrodinamikada ishlab chiqiladi. Sayyoralararo uchishda Astrodinamikaning asosiy vazifasi kosmik apparat trayektoriyasini oldindan aniq hisoblab chiqishdir.U Oy va sayyoralarga parvoz qiladigan kosmik apparatni qachon, qanday tezliklarda va qaysi tomonga uchirish kerakligini, shart-sharoitga qarab eng qulay va optimal trayektoriyani oldindan koʻrsatib beradi. Astrodinamika Oy va sayyoralarning sunʼiy yoʻldoshlarini loyihalash ishlari bilan ham shugʻullanadi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]