Asteniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
ICD-10 M62.8
ICD-9 728.87 (728.9 before 10/01/03); alternatively, 780.79
DiseasesDB 22832
MedlinePlus 003174
MeSH D018908

Asteniya (yunoncha astenia – darmonsizlik) – asabiy-ruhiy quvvatsizlik; bunday bemorning kayfiyati oʻzgaruvchan boʻlib, tez toliqadi, ozib ketadi, uyqusi buziladi. Yigʻloqi boʻlib qoladi; vegetativ nerv sistemasining vazifasi izdan chiqadi, uzoq vaqtgacha bosh ogʻriydi. Boshdan kechirilgan kasalliklar, shikastlanishlar, ruhiy toliqish, ichki aʼzolar xastaligi (meʼda yara kasalligi, gastrit, kolit, xoletsistit va boshqalar), miya shikastlanishi va boshqa Asteniyaga sabab boʻladi. Asteniya yuqumli kasalliklardan tuzalish davrida kuzatiladigan holatlardan biri (yana qarang Nevrasteniya)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]