Askaridalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ascaris lumbricoides.jpeg

Askaridalar (Ascarididae) — Toʻgarak chuvalchanglar oilasi. Umurtqali hayvonlar va odam ichagida parazitlik qiladi. 9 urugʻni oʻz ichiga oladi. Tipik urugʻi (Ascaris)ra18 turi kiradi. Odatda odam askaridasi (A. Lumbricoides) va choʻchqa askaridasi (Askaridalar suyam) koʻp uchraydi. Odam askaridasi erkagining uzunligi 15 — 25 sm, urgʻochisi 25 — 40 sm. Bir sutkada ichakka 200 mingdan ortiq tuxum qoʻyadi. Tuxumlari axlat bilan tashqi muhit (tuproq yoki suv)ga tushadi. U yerda yetilgan tuxum sabzavot va mevalar orqali yana ichakka tushadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak vorsinkalari orqali qonga, qon orqali oʻpkaga, yoʻtal tutganda u yerdan xalqumga chiqadi va yana yutilib ichakka tushadi, 2 — 2,5 oyda voyaga yetadi. Urgʻochi askarida har 2 — 2,5 oyda tuxum qoʻya boshlaydi. Askaridalar askaridoz deb ataladigan xavfli kasallikni paydo qiladi. Ichakdagi askaridani tushirish maqsadida surgi dorilar va antigelmintlar ishlatiladi. Askarida tuxumini yuqtirmaslik uchun sanitariya va gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya qilish lozim.

Askaridalar parrandalar (tovuq, kurka, kaptar va b.)da ham uchraydi. Bunda kasallangan tovuklarning tuxum qilishi kamayadi, oʻsishi sekinlashadi. Davosi: don bilan piperazin tuzi qoʻshib beriladi, nilverm, panakur va b. preparatlarqoʻllaniladi.

Oldini olish: kasallik tarqalgan xoʻjaliklarda degelmintizatsiya oʻtkaziladi (oyda bir marta), goʻng biotermik zararsizlantiriladi va b. chora-tadbirlar qoʻllaniladi[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir]