Asinxron elektr dvigatel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
0.75 kVt, 1420 ayl/daq, 50 Hz, 230—400 V, 3.4-2.0 A xarakteristikali asinxron dvigatel stator va motori

Asinxron elektr dvigatel — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vujudga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Rotorning aylanish tezligi asosan quyidagi for60/71-S_muladan aniqlanadi: p = —~— , bunda:f— taʼminlovchi tok chastotasi; r — mashina qutblari soni; s— sirpanish, yaʼni rotor nisbiy tezligining statorning aylanuvchi magnit maydoniga nisbatan orqada qolishini koʻrsatuvchi son. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. Asinxron dvigatellar "Arago-Lens diski" xodisasi asosida ishlaydi.[1].

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar[tahrir]


Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.