Ivan Artobolevskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Artobolevskiy Ivan Ivanovichdan yoʻnaltirildi)

Ivan Ivanovich Artobolevskiy (1905.9.10 — Moskva — 1977.21.9.) -mexanika sohasidagi olim, akademik (1946), texnika fanlari doktori (1936), professor (1929), Mashina va mexanizmlar nazariyasi asoschilaridan biri. Moskva oliy oʻquv yurtlarida, MDUda ishlagan (1927-yildan). Artobolevskiy mexanizmlar tasnifini rivoj-lantirib, tekis va fazoviy mexanizm-653larning umumiy tasnifini, tekis mexanizmlar kinematikasi va kineto-statistikasini, fazoviy sferik mexanizmlarning tuzilishi va kinematikasi masalalarini, mexanizmlar sintezi, di-namikasi kabi masalalarning hal etili-shi yoʻllarini ishlab chiqdi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Artobolevskiy Ivan Ivanovich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil