Artem Voronov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Voronov Artem Andreevich — 1993-yil 26-mart kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 2005-yildan buyon togʻ changʻisi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. Xalqaro toifadagi sport ustasi.[1]

Terma jamoa tarkibida Avstriya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Qozogʻiston, Koreya kabi qator davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda ishtirok etgan. 2009, 2010 va 2012-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatlari qatnashchisi. 2011-yili oʻtkazilgan qishki Osiyo oʻyinlari ishtirokchisi. Mazkur qitʼa oʻyinlaridan soʻng xalqaro toifadagi sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.[2]

Artem Voronov Qozogʻiston va Eron davlatlarida boʻlib oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati sovrindori. Sochi-2014 oʻyinlari yoʻllanmasiga 2013-yilning avgust-sentabr oylarida Yangi Zelandiyada oʻtkazilgan musobaqalarda ega boʻldi va boʻlajak musobaqaga Italiya, Avstriya va Shveysariyada tashkil etilgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari orqali tayyorgarlik koʻrdi.

Artem Voronov 2014 Qishki olimpiya oʻyinlaridagi ishtirokini 13-fevral kuni togʻ changʻisining super kombinatsiya boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarida boshlaydi. Mazkur musobaqalar Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi. 16-fevral kuni Artem togʻ changʻisining super gigant musobaqasida ishtirok etsa (Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi), 22-fevralda slalom boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqada startga chiqadi (Toshkent vaqti bilan soat 17:45da boshlanadi).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sochi-2014“ qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etadigan sportchilarimiz xaqida maʼlumot, 2014-02-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-07
  2. Sochidagi Olimpiya shaharchasida Oʻzbekiston bayrogʻi koʻtarildi, 2014-02-08da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2014-02-07