Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
| Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi | |
| The Lion, the Witch and the Wardrobe | |
1950-yilgi birinchi nashrining muqovasi |
|
| Muallif: | |
|---|---|
| Janr: | Fantasy, Bolalar adabiyoti |
| Original til: | ingliz |
| Bezalishi: | Pauline Baynes |
| Seriya: | Narniya yilnomalari |
| Nashriyot: | Geoffrey Bles |
| Nashr qilingan yili: | 1950 |
| Betlari: | 208 |
| Keyingisi: | Shaxzoda Caspian |
| ISBN 0-06-023481-4 | |
Arslon, Jodugar va Kiyimlar shkafi (1950) — "Narniya yilnomalari" seriyasining birinchi (xronologik tartib boʻyicha ikkinchi) kitobi. Ushbu kitob Lewisning choʻqingan qizi Lucy Barfieldga bagʻishlangan.
Mundarija |
[tahrir] Personajlar
- Peter Pevensie (Piter Pevensi) — Ikkinchi jahon urushi paytida Londonni tark etgan Pevensie aka-opalari ichida eng kattasi. Avvaliga, Peter Lucyning Narniya haqidagi hikoyalariga ishonmaydi, keyinchalik oʻz koʻzi bilan koʻrganidan soʻng fikrini oʻzgartiradi. Peterni jangdagi jasoratlari uchun qahramon deb atashadi. Oxir-oqibat u Narniyaning Oliy Qiroli etib saylanadi va Serhasham Qirol Peter nomi bilan taniladi.
- Susan Pevensie (Syuzen Pevensi) — Pevensie bolalari orasida ikkinchi farzand. U ham Narniya mavjudligiga oʻzi koʻrib ishonch hosil qilmagunicha ishonmaydi. U Qirolicha Susan etib saylanadi va Sahovatli Qirolicha Susan nomi bilan taniladi.
- Edmund Pevensie (Edmund Pevensi) — Pevensie bolalari orasida uchinchi farzand. U Narniyaga tushib qolganida Oq Jodugarni uchratadi, Jodugar unga sehrlangan "Turk shirinliklari"ni beradi. Oq Jodugar vaʼda qilgan kuch va tuganmas "Turk shirinliklari"ga ishongan Edmund aka-opalariga sotqinlik qiladi, ammo oxir-oqibat oʻz harakatlaridan afsuslanib tavba keltiradi. Aslan va Narniya xalqiga Oq Jodugar ustidan gʻalaba qozonishda yordam berganidan soʻng u akasi bilan bir qatorda Narniya Qiroli etib saylanadi va Odil Qirol Edmund nomi bilan taniladi.
- Lucy Pevensie (Lyusi Pevensi) — Pevensie bolalari ichida eng kichigi. U Professor Kirkega tegishli kiyimlar shkafining orqasida Narniya mamlakatiga duch keladi. Bu haqda aka-opalariga etgan mahal, ular Lucyga ishonishmaydi, ayniqsa Edmund — uni ayovsiz masxara qiladi. Narniya tiklanganidan soʻng Lucy opasi bilan bir qatorda Narniya Qirolichasi etib saylanadi va Dovyurak Qirolicha Lucy nomi bilan taniladi.
- Mr. Tumnus (Janob Tumnus) — favn, Lucy Narniyada uchratgan eng birinchi shaxs. Tumnus uni Jodugardan yashiradi. Bu unga muammolar keltiradi, oqibatda u hibsga olinib, toshga aylantiriladi. Keyinchalik u Aslan tarafidan hayotga qaytariladi va Pevensielarning yaqin doʻsti boʻlib qoladi.
- Malika Jadis, Oq Jodugar — Narniyaning oʻzboshimcha saylanib olgan qirolichasi. Oʻta qattiqqoʻllik bilan boshqarib, u Narniyada abadiy qishni oʻrnatadi va hech qachon Rojdestvo kelmaydigan qilib qoʻyadi. U Narniyaga sotqinlik qilgan istalgan kishini oʻldirish huquqiga ega, va bu tez-tez sodir boʻlib turgan. Uning sehrli tayoqchasi odam va hayvonlarni toshga aylatira oladi. Oq Jodugarni yagona qoʻrqinchi bu: "Odam Atoning ikki ogʻli va Momo Havvoning ikki qizi Narniyaga keladi va Aslan bilan ittifoqlashib Oq Jodugarni agʻdaradilar", — deb aytilgan bashorat edi. (Oq Jodugar dastlab Jodugar jiyani kitobida paydo boʻladi).
- Aslan — arslon, u Narniyadagi barcha narsani muvozanatda ushlab turadi. U Edmundni qutqarish uchun oʻzini qurbonlikka keltiradi, va belgilangan payt kelganda Oq Jodugarga qarshi jangda Narniya xalqi va Pevensie bolalariga yordam berish uchun qayta tiriladi.
- Professor Kirke (Professor Kirk) — Londondan evakuatsiya qilingan Pevensielarga boshpana bergan professor. U Lucy haqiqatda ham Narniyani topganiga ishongan yagona odam, chunki oʻzi ham bolaligida u yerda boʻlgan, shu tufayli Kirke boshqa Pevensielarni ham Lucy haqiqatiga ishontirishga harakat qiladi. U shuningdek, Jodugar jiyani kitobidagi bosh qahramon — Digory Kirke
- Mr. Beaver (Janob Qunduz) — Tumnus bilan doʻst, u Oq Jodugarga qarshi kurashishga harakat qiladi va Tumnus, Lucy, Susan, Peterlarni izlab topadi.
- Mrs. Beaver (Xonim Qunduz) — Janob Qunduzning xotini. U Pevensielarga yaxshi yeguliklar tayyorlab yordam beradi, shuningdek, u juda optimistik ruhda.
- Pakana odam. Pakana odam Oq Jodugarning oʻng qoʻli. Kitobda ismsiz boʻlgani bilan, filmda uning ismi Ginnabrick.
- Maugrim — Oq Jodugar tomonidan Pevensie bolalariga qarshi ovga yuborilgan boʻri. U Narniyaning politsiyachisi, "Peterning birinchi jangi" qismida Peter tomonidan oʻldiriladi.
[tahrir] Ekranizatsiyalar
[tahrir] Multfilm
[tahrir] Kinofilm
[tahrir] Qiziqarli dalillar
- Dastlab, Pevensie bolalarining ismlari: Anna, Martin, Rosa va Peter edi[1].
- Ikkinchi jahon urushi paytida Lewisning uyida toʻrtta bola mehmon boʻlgan.[2].