Arshakiylar (sulola)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arshakiylar (Arshakuni arman arshakiylariParfiyadagi arshakiylar sulolasiga qardosh bo‘lgan shohlar sulolasi. Tiridat I (62 y.dan, rasman 66 — 80) tomonidan asos solingan. Hisrav I (217 — 238) davrida Arshakiylar hokimiyati merosiy tuye olgan. Tiridat III Buyuk (287 — 332) davrida xristianlik Armanistonning rasmiy davlat diniga aylangan (taxm. 301). Arshakiylar ichki tarqoqlikka qarshi hamda Armanistonning mustaqilligi uchun muvaffaqiyatsiz kurash olib borganlar. Eron va Vizantiya o‘rtasida Buyuk Armaniston taqsimlangach (387), Arshakiylar ularning vassaliga aylanganlar. 428 y. Arshakiylar sulolasi barham topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil