Arminiy Vamberi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mixay Kovach. Arminiy Vamberi portreti, 1861

Arminiy yoki German / Herman Vamberi (vengercha Ármin Vámbéry, nemischa Hermann Bamberger; 19-mart 1832, Nidermarkt — 15-sentabr 1913, Budapesht) – sharqshunos, tilshunos olim, sayyoh va yozuvchi. Vengriya Fanlar akademiyasi a’zosi (1861).

Hayoti[tahrir]

Istanbulda yashagan (1857-60). Vengriya FA homiyligida Eron va Turkistonga sayohat (1863-yildan) qilgan. Vamberi darvesh niqobi ostida Makkadan haj safaridan qaytayotgan mahalliy aholi guruhiga qo‘shilib Mozandarondan Bolxon ko‘rfaziga keladi, so‘ng Turkmaniston orqali Xiva va Qo‘ng‘irotga o‘tadi. Qizilqumdan o‘tib Buxoro, Samarqand, Karki va boshqa shaharlarda bo‘ladi. Orqaga Hirot, Mashhad, Tehron va Istanbul bo‘ylab qaytadi.

Ijodi[tahrir]

Dunayska Streda shahrida o‘rnatilgan Vamberi byusti, Slovakiya

Vamberi tilshunoslik, adabiyotshunoslik, fol'klor, etnografiya, tarix va geografiyaga oid asarlar muallifi ("Nemischa-turkcha lug‘at", 1858; "Nemischa-chig‘atoycha lug‘at", 1860; "Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi", "Mening hayotim", "Sharq hayoti va urf-odatlari ocherklari" va boshqalar). "Chig‘atoy tili darsligi" (1867) asarida Vamberi turkiy xalqlar fol'kloriga oid 30 dan ortiq asar haqida ma'lumot bergan, ulardan parchalar keltirgan, shuningdek Navoiy, Fuzuliy, Nasimiy, So‘fi Olloyor g‘azallaridan olingan namunalarni va 112 ta o‘zbek maqolini arab va lotin yozuvida keltirib, nemischa tarjimada bergan. Turkiy va nemis tillarini qiyosiy o‘rgangan.

Kinematograf[tahrir]

1986-yil Turkiya, Vengriya va Tojikiston kinematograflari tomonidan Vamberining hayoti, xususan uning «Soxta darvishning O‘rta Osiyoga sayohatlari» nomli asari asosida «Oqsoq darvish» filmi yaratildi. Valeriy Axadov va Yojef Kish rejissorligidagi ushbu fil’m Tug‘ro-film (Turkiya), Xungarofilm, Mafilm (Vengriya), Tojikfilm kinostudiyalari mahsuloti. Filmda Shuhrat Ergashev, San’at Devonov, Inog‘om Odilov kabi o‘zbek aktyorlari ham suratga tushishgan. Film premyerasi 1988-yil aprel oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan.

O‘zbek tiliga tarjima qilingan asarlari[tahrir]

  • Vāmberī Gīrmān, Buxārā yāxūd Māvarā'unnahr tārîīxī, Fotih Karimiy va Burhon Sharaf tarjimasi, Moskva: Buxārā xalq ma'ārī nazārati, 1924, 2 jild.
  • Vamberi Herman, Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi: kitobdan parchalar, nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmad, Toshkent: G‘ofur G‘ulom, 1990, 96 b.

Qo‘shimcha ma’lumotlar[tahrir]