Armaniston fanlar akademiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Armaniston Fanlar Akademiyasi — Armaniston Respublikasining oliy ilmiy muassasasi. 1943 y. tashkil etilgan. Yerevan sh.da joylashgan. Akademiya tarkibida 43 akad., 59 muxbir a’zo, 2 xorijiy a’zo bor. Akademiya tizimida 6 bo‘lim, 32 ilmiy muassasa mavjud. Bir necha ilmiy jur., institutlarning ilmiy asarlarini va b. ilmiy adabiyotlarni nashr etadi. Kutubxonasi va nashriyotiga ega.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil