Aristofan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aristofan

Aristofan (Aristophane, Qadimgi yunon tili — Ἀριστοφάνης) (taxminan miloddan avvalgi 445 — 385) — yunon shoiri, „komediya otasi“. A. nazari davrning dol-zarb muammolariga qaratilgan boʻlib, ijodida yorqin namoyon boʻladi va oʻsha davr dehqonlar ommasi manfaatlarini ifodalaydi. U shahar aholisi past tabaqasini oʻziga rom etgan radikallar aqidasiga („Chavandozlar“), sofistlarning individual falsafasiga („Bulut“) ishonchsizlik bilan qaradi. U har ikkalasida ham Afina demokratiyasining inqirozi alomatlarini koʻra oldi. A. komediyalarida muhim voqealarga muno-sabat, harbiy siyosatga qarshi kayfiyat yaqqol seziladi („Lisistrata“), Hayotiy shaxslarni kamsitish („Bulut“da — So-kratni), fantastik vaziyatlar („Ahariyanlar“, „Qushlar“) ham A. ijodiga mavzu boʻlgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil