Arifmometr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arifmometr (yun. arithmos — son va metreo — o‘lchayman) — to‘rt arifmetik amal bajariladigan hisoblash mashinasi. Arifmetik hisoblash mashinasi birinchi marta fransuz olimi B. Paskal tomonidan 1641-yilda yaratildi. 1790-yilda nemis soat ustasi Gan to‘rt arifmetik amalni bajaradigan birinchi amaliy mashinani yaratdi. Arifmometrda sonlarni hisoblagichga o‘rnatish va ko‘chirish mexanizmi, aylanishlar hisoblagichi, natijalar hisoblagichi, natijalarni o‘chirish qurilmasi dastaki va elektr yuritma b-n jihozlangan. Hisoblash texnikasining rivojlanishi munosabati b-n A. kam ishlatilmoqda.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil