Ariboflavinoz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ariboflavinoz — ovqat tarkibida riboflavin (vitamin V2) boʻlmasligi yoki yetishmasligi, shuning-dek organizmda shu vitamin hazmi yoki oʻzlashtirilishi buzilishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Asosan lab shilliq pardasi va yuz terisi zararla-nadi: ogʻiz burchaklari qizarib, yorilib (bichilib) yaralanadi; angulyar stomatit, xeylit, glossit, keyinchalik terida se-boreyali yoki bullyoz dermatitlar, konʼ-yunktivit, gipoxrom anemiya, nerv siste-masida jiddiy oʻzgarishlar roʻy beradi. Orqa chiqaruv yoʻli va jinsiy aʼzolar sohasida yoriqlar paydo boʻladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil