Aria Maestosa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aria Maestosa

Aria Maestosa dasturining 1.4.6 versiyasi skrinshoti
Eng so‘nggi versiyasi1.4.10 / 4-avgust 2014-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, Mac OS X, Linux
Til(lar)C++
JanrNota tahrirlovchi
LitsenziyaGNU General Public License (erkin)
Vebsayt:ariamaestosa.sourceforge.net

Aria Maestosa (talaffuzi: Aria Maestoza) — ochiq manbali MIDI tahrirlovchi. Bu dastur yordamida MIDI fayllarni yaratish, tahrirlash va eshitish mumkin. Aria Maestosaning sodda interfeysida notalarni, klavishlarni, gitara, barabanlarni koʻrish mumkin. Dastur Mac OS X, Windows va Linux operatsion sistemalarida ishlaydi.

Xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Bir necha qatorni (dorojkani) koʻrish va tahrirlash;
  • Bir necha tahrirlash uslubi: nota, klavishlar, gitara tabulaturasi, barabanlar;
  • MIDI boshqaruvchilar;
  • Kalit, vaqt va tempni oʻzgartirish;
  • Musiqa asboblari moslamalari;
  • Qoʻshiq davomida takt uzunligini oʻzgartirish;
  • MIDI yozib olish;
  • Asarlarni bosmadan chiqarish;
  • MIDI fayllarni (.mid) import va eksport qilish;
  • Audio fayllarni (.wav) eksport qilish (faqat Mac OS X va Linux uchun);
  • Bir necha asarni bir paytda ochish;
  • Bitta qatorda bir necha tahrirni amalga oshirish;
  • Fonda boshqa qatorlarni ochib qoʻyish.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]