Arharshair

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arharshair (Schrenkia golickeana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 10 — 55 sm. Ildizi bir boshchali, silindrsimon. Barglari murakkab patsimon. Guli oq. Soyabon guli 15 — 20 soyabonchadan iborat. Undagi gullari 15 — 20 ta. A. aprel — mayda gullay-di, mevasi dumaloq, diametri 4 mm, may — iyunda yetiladi. A. faqat Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Toshkent va Samarqand vilo-yatlarining adir va togʻlarida turli eko-logik sharoitda oʻsadi. A.ning quritib yanchilgan ildizi xalq tabobatida yaralarni davolashda qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil