Arhar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arxar, alqor, togʻ qoʻyi (Ovis)- juft tuyoqlilar turkumiga mansub yov-voyi qoʻylarning umumiy nomi. Baʼzan muflon, arkal, arqor, urial deb ham ata-ladi. A. Oʻrta dengiz o.lari, Old, Oʻrta, Markaziy va Shimoli-Sharqiy Osiyoning togʻliq hududlarida tarqalgan. U togʻ yon bagʻirlari va qoyalar orasidagi birmun-cha tekis va ochiq joylarda yashaydi. Er-659kaklari urgʻochilariga nisbatan yirik (tanasi uz. 110- 120 sm, boʻyi 65 — 125 sm vazni 230 kg gacha), shoxi spiralsimon yoki halqasimon buralgan, uzun (70 — 190 sm), urgʻochilarining shoxi ingichka yoki butunlay boʻlmaydi. Uchta turi: Tyanshan qoʻyi (O. ammon karelini), Yevropa qoʻyi (O. musimon), Osiyo qoʻyi (O. orientalis) va 10 ga yaqin kenja turi maʼlum. Oʻrta Osiyo, shu jumladan Oʻzbekistonda Tyan-shan qoʻyi va Osiyo qoʻyi uchraydi. Tyan-shan qoʻyi yaqin vaqtlargacha Tyanshanning Fargʻona togʻlarigacha boʻlgan qismida, shu jumladan Ugom, Pskom, Chatqol, Ta-las va Qirgʻiz togʻlarida keng tarqalgan edi. Hozir asosan Chatqol qoʻriqxonasida saqlanib qolgan, daryolarning yuqori oqimida 2000 — 3000 m balandlikda uchraydi, tik qoyalar yaqinidagi relefi notekis boʻlgan joylarni yaxshi koʻradi. Bahorga yaqin togʻning pastroq qismiga ekin eqilgan dalalarga tushib oʻtlashi mumkin. Qoʻchqorining shoxlari spiral-simon buralgan (uz. 120 sm gacha) vazni 60 — 106 kg (baʼzan 200 kg gacha), uz. 170 — 190 sm; urgʻochisining shoxlari in-gichka va kalta vazni 50 — 54 kg, uz. 160 — 170 sm. Osiyo qoʻyi Tyanshan, Pomir, Himolay togʻlarining Oʻzbekiston, To-jikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Afgʻoniston va Pokiston hududlarida tarqalgan. Oʻzbekistonda bu toʻrning Qizilqum qoʻyi, Seversov qoʻyi (O. orientalis severtzovi) Markaziy va Gʻarbiy Qizilqumning Amudaryo va Sirda-ryo oraligʻidagi past togʻlarida hamda Po-mir-Olayning Nurota, Oqtov, Molguzar togʻlarida saqlanib qolgan. Qoʻchqorining uz. 130 sm, boʻyi 80 sm vazni 70 −125 kg, erkagi- Ining shoxi halqa shaklida bu-ralgan (uz. 98 — 107 sm), urgʻochisiniki ingichka, kalta, qilichsimon egilgan. Boʻynining ostki tomonidagi yoli Tyan-shan qoʻyinikiga nisbatan birmuncha kalta va ensiz. Oʻzbekiston hududida bu kenja tur Qizilqumning hamma past togʻlarida tarqalgan edi. Chorva mollarining koʻpayishi va ovlanish natijasida uning areali keskin qisqarib, hozir Nurotaning gʻarbiy qismida va Markaziy Qizilqumda saqlanib qolgan. Qizilqum qoʻyini muhofaza qilish uchun Nuro-ta togʻlarining markaziy qismida 1972-yil qoʻriqxona tashkil etilgan. Hozir qoʻylarning umumiy soni 1000 taga yetdi. Buxoro qoʻyi, tojik qoʻyi (O. orientalis bocharensis) Oʻzbekistonning Turkma-niston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida, qoʻshni Afgʻoniston va Po-kistonda tapqalgan. Qoʻchqori boʻynining ostki qismida qalin va uzun yoli boʻladi, shoxlari yirik, halqa shaklida buralgan (uz. 72 sm gacha), urgʻochisi kichikroq, shoxlari kalta va bir oz qayrilgan. Buxoro qoʻyining vazni qizilqum qoʻyidan kamroq boʻladi. Oʻzbekistonda Buxoro qoʻyining ikkita: bobotogʻ va boysun-koʻhitang po-pulyatsiyalari mavjud. Qoʻylar 300 — 400 m dan 2200, baʼzan 3000 m gacha balandlikda archa oʻsadigan ochiq togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Buxoro qoʻyini muhofaza qilish uchun Surxon qoʻriqxonasi tashkil etil-gan. Ustyurt qoʻyi, arkal (O. orientalis arcal) Manqishloq yarim oroli, Ka-spiy dengizining jarlik sohillari, Qoraboʻgʻozkoʻl, Qoraqumning past togʻlari va oʻngirliklari hamda Orol dengizining gʻarbiy qismida tarqalgan. Oʻzbekistonda Qoraqalpogʻiston hududining Ustyurt qismida uchraydi. Koʻchqorining vazni 58 — 79 kg, tanasining uz. 121 — 147 sm, boʻyi 77 — 98 sm; shoxlarining uz. 92 sm gacha, boshining ikki yonida chala oʻrama hosil qiladi. Urgʻochisi erkagiga nisbatan kichikroq vazni 36 — 56 kg, shoxlari ingichka va nisbatan kalta (uz. 25 — 30 sm). Erka-gining boʻyni ostida qalin yoli boʻladi, tum-shugʻi ostida kalin yungi (soqoli) boʻlishi bilan boshqa kenja turlardan farq qiladi. Ustyurt qoʻyi choʻl sharoitiga mos-lashgan, Qoraqum togʻlarining odam va yirtqich hayvonlar oʻtolmaydigan tik qiyaliklari va jarliklari ustida yashaydi. Yozda kechasi oʻtlaydi, shoʻrlangan buloq suvi bilan qanoatlanadi, qishda va bahorda koʻpincha kunduzi oʻtlab, koʻlmak boʻlib qolgan yomgʻir suvidan ichadi. Manqishloq 660va Ustyurtning oʻzlashtirilishi, bra-konerlik tufayli Ustyurt qoʻyining soni keskin kamayib ketgan, hozir bir necha yuz qoʻy Qoraqalpogʻiston hududida saqlanib qolgan. Ustyurt qoʻyini ovlash man qilingan. A.lar poda boʻlib yashaydi. Boʻgʻozlik davri 5 oyga yaqin. May — iyunda bitta, baʼzan ikkita bola tugʻadi. Qoʻzisi 2,5 — 3 yoshda voyaga yetadi. A. xonaki qoʻylarning avlod boshi hisoblanadi. A.ni merinos qoʻylari bilan duragaylab ma-yin junli Qozogʻiston arhar merinosi chikarilgan. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Ad.: Bogdanov O. P., Redkiye jivotnie Oʻzbekistana, T., 1990.Ochil Mavlonov, Muboshir Musayev.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil