Arauka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arauka — Venesueladagi daryo, Orinokoning chap irmogʻi. Uzunligi 900 km dan ortiq. Kolumbiyadagi Sharqiy Kordilera togʻlaridan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m³/sek. Yogʻingarchilik davrida kichik kemalar A.ning quyilish yeridan boshlab 600 km masofada qatnay oladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil