Arab bahori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arab bahori

Soat mili boʻylab tepa chapdan: Qohiraning Tahrir maydonidagi namoyishchilar; Tunisdagi Habib Burgiba avenusidagi namoyischilar marshi; Sanʼadagi siyosiy dissidentlar; Manamadagi namoyishchilari yigʻilishi; Suriyadagi ommaviy namoyish; Liviyadagi namoyish.
Joy Shimoliy Afrika va Yaqin Sharq
Sana 18-dekabr, 2010—davom etmoqda
Maqsad Tuzum oʻzgarishi, inson huquqlari, demokratiya[1]
Belgilari Namoyishlar, tartibsizliklar, fuqarolar itoatsizligi, oʻzini yoqish, ish tashlashlar
Oʻlim(lar) 500 dan ziyod
Jarohat(lar) 4,000 dan ziyod
Hibs(lar) 1,000 dan ziyod
  Hukumat toʻntarildi
  Fuqarolar urushi
  Hukumat baʼzi aʼzolari almashtirildi
  Davomiy tartibsizlik (Bahrayn)
  Yirik eʼtirozlar
  Kichik eʼtirozlar
  Arab dunyosidan tashqaridagi aloqador eʼtirozlar

Arab bahori (arab. الثورات العربية‎‎, al-Thawrāt al-ʻArabiyyah) 2010-yil oxirida arab dunyosida boshlangan qator eʼtirozlarga[2][3] berilgan nomdir. Ular Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavritaniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Siriya, Liviya hamda Marokash kabi mamlakatlarni qamrab oldi.[4][5][6][7][8][9][10] Eʼtirozlar inqilob deya baholanmoqda.[11][12][13][14][15][16][17][18]

Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib oʻzini yoqib yuborishidan boshlanib ketdi.[19][20][21] Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi,[22][23] nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqealar silsilasiga tushdi. Koʻpgina vaziyatlarda eʼtirozli kunlar "jahl kunlari", deb ataldi.[24]

Eʼtirozlar natijasida birinchi boʻlib oʻzgargan hukumat Tunisniki boʻldi: sobiq Prezident Zayn al-Abidin ibn Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyingi katta eʼtirozlar Misrda 2011-yil 25-yanvarida boshlandi. Toʻrt kunlik namoyishlardan soʻng Prezident Husni Muborak islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi, biroq lavozimidan kechish niyatini bildirmadi. Bundan keyin davom etgan namoyishlardan soʻng Muborak 30 yillik mansabini boshqa egallamasligini, sentabrda boʻlib oʻtadigan saylovlardan soʻng isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla II bosh vazirni almashtirdi,[25] Yaman Prezident Ali Abdulloh Solih esa keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi.[26]

Eʼtirozlar butun jahon eʼtiborini oʻziga qaratdi.[27] Namoyishchilarni 2011-yilgi tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash takliflari oʻrtaga tashlandi.[28]

Bugungi natijalar[tahrir]

Qachon boshlandi Mamlakat Qachon tugadi Eʼtiroz tur(lar)i Natija Oʻlim(lar)
18-dekabr, 2010 Flag of Tunis Tunis Oʻzini yoqish
Namoyishlar
Hukumat toʻntarildi
Prezident va oilasi mamlakatdan ketdi (14-yanvar, 2011)
219[29]
28-dekabr, 2010 Flag of Jazoir Jazoir Namoyishlar Prezident favqulodda vaziyatni bekor qildi (3-fevral, 2011)[30] 5
13-yanvar, 2011 Flag of Liviya Liviya 16-yanvar, 2011 Turar-joy muammosi va korrupsiyaga qarshi namoyishlar Hukumat fuqarolarni turar-joy bilan taʼminlashga vaʼda berdi [31] 0
14-yanvar, 2011 Flag of Iordaniya Iordaniya Kichik eʼtirozlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (1-fevral, 2011) 0
17-yanvar, 2011 Flag of Mavritaniya Mavritaniya 17-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish 1
17-yanvar, 2011 Flag of Sudan Sudan Kichik eʼtirozlar 1
17-yanvar, 2011 Flag of Ummon Ummon 17-yanvar, 2011 Kichik eʼtirozlar 0
18-yanvar, 2011 Flag of Yaman Yaman Hukumat aʼzolari Prezidentga qarshi[32]
Katta namoyishlar[33][34]
Prezident keyingi saylovlarda nomzodini qoʻymaslikka vaʼda berdi (2-fevral, 2011)[35] 0
21-yanvar, 2011 Flag of Saudiya Arabistoni Saudiya Arabistoni 29-yanvar, 2011 Oʻzini yoqish[36]
Namoyishlar[37]
4
25-yanvar, 2011 Flag of Misr Misr Butun mamlakat miqyosidagi namoyishlar Vazirlar Mahkamasi shaxsiy tarkibi almashtirildi (29-yanvar, 2011)
Prezident mansabdan ketdi
300 gacha
26-yanvar, 2011 Flag of Suriya Suriya Oʻzini yoqish 1
30-yanvar, 2011 Flag of Marokash Marokash Oʻzini yoqish 0
1-fevral, 2011 Flag of Jibuti Jibuti 1-fevral, 2011 Kichik namoyishlar 0
Jami oʻlimlar soni: 607

Manbalar[tahrir]

  1. Korotayev A., Zinkina J. Egyptian Revolution: A Demographic Structural Analysis. Middle East Studies Online Journal. Vol.2. N5. 2011. P.57-95.
  2. Will the Arab revolutions spread? | The Middle East Channel. Mideast.foreignpolicy.com. 2011-02-01.
  3. The Arab World's 'Unprecedented' Protests - Council on Foreign Relations. Cfr.org (2011-01-20). 2011-01-29.
  4. Thousands in Yemen Protest Against the Government
  5. Posted by multiple January 26, 2011. Protest spreads in the Middle East - The Big Picture. Boston.com. 2011-02-01.
  6. Mauritanie: mécontent du régime, un homme s'immole par le feu à Nouakchott - Flash actualité - Monde - 17/01/2011. leParisien.fr (2011-01-17). 2011-01-29.
  7. BBC News - Man dies after setting himself on fire in Saudi Arabia. Bbc.co.uk (2011-01-23). 2011-01-29.
  8. PressTV - Sudan opposition leader arrested. Presstv.ir (2011-01-19). 2011-01-29.
  9. Matthew Cassel (2011-01-27). Lebanon convulses on 'Day of Rage' - Features. Al Jazeera English. 2011-02-01.
  10. afrol News - Morocco King on holiday as people consider revolt. Afrol.com. 2011-02-01.
  11. Arab media revolution spreading change - CNN. Articles.cnn.com. 2011-02-01.
  12. The Arab Revolution - Nile Protests Create Uncertain Future For Egypt :: Uncensored News For Real People. Free Internet Press. 2011-02-01.
  13. January 29, 2011 . ARAB WORLD: How Tunisia's revolution transforms politics of Egypt and region | Babylon & Beyond | Los Angeles Times. Latimesblogs.latimes.com. 2011-02-01.
  14. The Arab democratic revolution | Malay Mail Online. Mmail.com.my. 2011-02-01.
  15. 'We are witnessing today an Arab people's revolution' - CNN. Articles.cnn.com (2011-01-28). 2011-02-01.
  16. Posted: Friday, Jan 28, 2011 at 2256 hrs IST (2011-01-28). Revolution in fast forward. Financialexpress.com. 2011-02-01.
  17. Michael Haley (2011-01-28). Revolution means terrorism's days are numbered in Middle East. Napavalleyregister.com. 2011-02-01.
  18. Canada. "Arabs use social media to fuel revolution". The Globe and Mail. http://www.theglobeandmail.com/news/video/arabs-use-social-media-to-fuel-revolution/article1887567/?cmpid=rss1. Qaraldi: 2011-02-01. 
  19. "Slap to a Man’s Pride Set Off Tumult in Tunisia". Nytimes.com. 2011-01-22. http://www.nytimes.com/2011/01/22/world/africa/22sidi.html?pagewanted=1&_r=1&src=twrhp. Qaraldi: 2011-02-01. 
  20. Noueihed, Lin. Peddler's martyrdom launched Tunisia's revolution. Uk.reuters.com. 2011-02-01.
  21. Al, Nidal. Palestinian protests show splits over leaked papers. Reuters. 2011-02-01.
  22. UPDATE 1-Egypt, Algeria, Jordan risk political unrest -S&P. Reuters. 2011-02-01.
  23. Post Store (2011-01-27). Inspired by Tunisia and Egypt, Yemenis join in anti-government protests. Washingtonpost.com. 2011-02-01.
  24. "Yemenis square off in rival ‘Day of Rage’ protests". Arabnews.com. 2011-02-03. http://arabnews.com/middleeast/article250370.ece. Qaraldi: 2011-02-06. 
  25. Jordan king appoints new PM, government quits. Reuters. 2011-02-02.
  26. Sudam, Mohamed. Yemen president says won't extend presidential term. Reuters. 2011-02-02.
  27. AFP January 27, 2011 (1986-01-28). Unrest across the Arab world. Vancouversun.com. 2011-01-29.
  28. http://www.news24.com/World/News/Arab-protests-attract-Nobel-interest-20110131
  29. Tunisia protests against Ben Ali left 200 dead, says UN, BBC, February 1, 2011.
  30. Algeria to lift emergency powers'. Al-Jazeera (2011-02-03). 2011-02-03.
  31. Libya sets up $24 bln housing fund amid Arab protests (2011-01-28).
  32. Yemeni tribal leader: for Saleh, Saudi involvement in Sa'ada comes not a moment too soon
  33. "Yemenis in anti-president protest"
  34. "Thousands in Yemen Protest Against the Government"
  35. Yemen President Ali Abdullah Saleh 'to quit in 2013'. BBC News (2011-02-02). 2011-02-02.
  36. "Man dies after setting himself on fire in Saudi Arabia"
  37. "Flood sparks rare action"