Apeyron

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Apeyron (yun. apeiron — cheksiz) — falsafa tarixiga yunon faylasufi Anaksimandr tomonidan kiritilgan tu-shuncha. A. tushunchasi materiya haqidagi tasavvurlar taraqqiyotida olg‘a qo‘yilgan qadam edi, chunki o‘sha davrda hamma nar-saning asosi suv yoki havo, degan tasavvur mavjud edi. Anaksimandr zsa materiya tu-shunchasini A. termini b-n atadi. A. hech qanday sifatga ega emas, biroq hamma muayyan jismlarning asosidir; bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan issiqlik va sovuqlikni quruqlik va namlikni o‘zidan chiqara borib, abadiy mavjud bo‘ladi, boshqa jismlarni vujudga kel-tiradi. A. tushunchasida Anaksiman-drning sodda dialektik qarashlari o‘z ifodasini topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil