Apache Dasturlari Birlashmasi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apache Dasturlari Birlashmasi (ADB) notijorat tashkilot bo'lib Apache dasturlarini qo'llab quvvatlash vazifasini bajaradi. Mashhur Apache Server ham shu dasturlar sarasiga kiradi. ADB Apache dasturlarini keng ommaga namoyish qilish, asosiylariga urg'u berish va Apaches dasturchilarini birlashtirish maqsadida har yili bir necha ApacheCon konferensiyalarini olib boradi.