Aorslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aorslar — sarmat qabilalarining yirik ittifoqi. A. haqida maʼlumotlar Strabon, Ptolemey, Pliniy va Tatsit asarlarida uchraydi. Xitoy yilnomalarida A. yansay nomi bilan keltirilgan. A. dastlab Orol yoki Kaspiy dengizining shimoliyda yashagan. Miloddan avvalgi 2-asrda Kaspiy dengizining shimoliy bilan Don daryosi oraligiga va Kavkaz togʻlari tomonga tarqalgan. A. jangari koʻchmanchi chorva-dorlar boʻlib, Kavkaz, Bospor davlati, Turkiston xalqlari oʻrtasidagi savdo ishlarida, Bospor davlatidagi taxt uchun oʻzaro urushlarda faol qatnashgan. 2-asrda alanlar boshchiligidagi yirik sarmat qabilalari ittifoqiga qoʻshilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil