Anzob (uzum navi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anzob — kechpishar xoʻraki uzum navi. Tojikiston dehqonchilik ilmiy tadqiqot in-stitutida |(Kattaqoʻrgʻon Aleksandriya muskati) x Sultoniy)| navlarini cha-tishtirib yaratilgan (A. D. Savchenko, I. F. Kirillov). Tupi kuchli oʻsadi. Bargi yirik, bir oz choʻzinchoq, besh boʻlmali, kertikli, orqa tomoni qalin tukli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi va gʻujumi yi-rik, teskari tuxumsimon, koʻkimtir-sargʻish. Poʻsti qalin, seret, karsillaydi. Hosili kurtak yozilishidan faol harorat yigʻindisi 3100 — 3300°da 140 — 150 kunda pishib yetiladi. Hosildorligi 250 — 270 s/ga. Antraknoz, ragʻa kasalliklari va barg oʻrovchiga bardoshli; uzoq joylarga joʻnatilganda yaxshi saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil