Obidjon, Anvar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anvar Obidjondan yoʻnaltirildi)
Oʻtish: foydalanish, Qidir
Oʻzbek Adabiyoti

Milodiy VII asrgacha
VIII-XIII asrlar (Qadimgi)

XIV-XV asrlar (Temuriylar davri)
XVI-XIX asrlar (Mumtoz)

XIX-XX asrlar (Milliy uygʻonish)
1905-30 yillar (Jadid davri)
1930-80 yillar (Sovet davri)
1990 yillaridan keyin (Mustaqillik)

Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi

Anvar Obidjon 1947 yil 8-yanvarda fargona viloyati Oltiariq tumanidagi Pologʻon qishlogʻida dunyoga kelgan. Oʻrta maktabda oʻqib yurganida «Gʻuncha» jurnalida «Shkafjon» nomli birinchi sheʼri bosilgan (1960). Anvar 1946—1966 yillarida Samarqand moliya texnikumida, 1973—1979 yillarda ToshDUning jurnalistika fakutetida sirtdan oʻqigan.

Harbiy xizmatni oʻtagach (1966—1969), qishlogʻida «Nurobod» jamoa xoʻjaligida dala xisobchisi boʻlgan (1970—1971) tumandagi «Paxta uchun»gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri (1971—1976), Toshkentdagi yogʻ-moy kombinatida bogʻbon (1977—1978);

Anvar Obidjon (Obidjonov qoʻmitasida muxarrir (1979—1981) boʻlgan. 1981—1986 yillarda «Kamolot» nashriyotida muxarrir, bosh muxarrir oʻrinbosari, 1986—1987 yillarda «Yulduzcha» nashriyotida bosh muharrir, 1988 yilllarda «Yosh kuch» jurnalida adabiy xodim, 1988-89 yilllarda «Mushtum» jurnalida boʻlim mudiri, 1989-98 yillarda «Choʻlpon» nashriyotida bosh muharrir, direktor boʻlib ishladi. !((* yildan buyon Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi Yoshlar telekanalida katta muharrir boʻlib faoliyat koʻrsatayapti.

Anvar Obidjon «Ona-er»(1975), «Olovjon va uning doʻstlari» (1983), «Bezgakshamol» (1985), «Akang qarag’ay Gulmat» (1987), «Oltin yurakli Avtobola» (1986), «Alamazon va Gulmat xangomasi» (1992), «Meshpolvonning janglari» (1994), «Oltiariq xangomalari» (1999), «Odobli boʻlish osonmi?» (2001), «Meshpolvon» (2003) singari 25 ta toʻplamini chop ettirdi. Adib aksariyat asarlarini bolalarga bagʻishlaydi. Ikkinchidan, u ham nasrda, ham nazmda birday qalam tebratdi. Uchinchidan, Anvar Obidjon satira va yumorda oʻz yoʻli, uslubini topib olgan. Toʻrtinchidan, yozuvchi zinxor milliy qabiqqa burkanib qolgan emas. Uning asarlari dunyo bolalari zavq-shavq bilan oʻqiydilar. Oltinchidan, Anvar Obidjon asarlari sahnaviy, tomoshabinlik xarakteriga ega, ularni telefilm, badiiy film qilish, sahnada koʻrsatish mumkin. Uning «Qoʻng’roqli yolg’onci», «Topsang hay-hay», «Qorinbotir», «Toʻtiqush» mamlakatimiz teatrlarida sahnalashtirilgan.

Anvar Obidjon 1997 yil «Shuhrat» medali bilan taqdirlangan, 1998 yilda «Oʻzbekiston xalq shoiri» unvoniga sazovor boʻlgan.


[tahrir] Asarlari

  • Alamazon va Gulmat. T.: «Choʻlpon», 1998 yil
  • Juda qiziq voqea. T.: «Choʻlpon», 1997 yil
  • Ketmagil. T.: Adabiyot va sanʼat nashriyoti,1985 yil


[tahrir] Adabiyotlar


Bu maqola O‘zbek tili tipografik qoidalariga muvofiq yozilgan.

O‘z

Iltimos, O‘zbek tili tipografik qoidalariga e’tibor bering.

Bu sahifa O`zbek vikipediya rivojlanishi birinchi bosqichinidan o`tgan.

Done

Agar siz ushbu maqola sifatidan mamnun bo`lmasangiz, Vikipedia: Birinchi bosqich betida fikrlaringizni yozib qoldiring.

Shaxsiy uskunalar
Nomfazolar

Variantlar
Koʻrinishlar<!--Views-->
Amallar
O‘zbek viki / Ўзбек вики
ishtirok / иштирок
o‘zgarishlar / ўзгаришлар
asboblar (ʻ ʼ)
Boshqa tillarda