Anilin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anilin (aminobenzol, amidobenzol, fenilamin) umumiy formulasi C6H5NH2 boʻlgan aromatik aminlarning eng oddiysidir. Molyar massasi 93,2. Anilin rangsiz boʻlib, suvda oz (100 g suvda 20° da 3,4 g) eriydi, oʻziga xos yomon hidli suyuqlik; suyuqlanish temperaturasi — 6,15°, qaynash temperaturasi 184,4°, 20° da zichligi 1027 kg/m3.

Anilin etil spirt, efir va benzolda yaxshi eriydi. Nilin bugʻi juda zaharli. Anilinni birinchi marta 1826-yilda O. Unferdorben indigoni ohak bilan birga havosiz qizdirish yoʻli bilan olgan va „kristallin“ deb atagan. 1841-yilda Y. F. Fritsshe indigoga oʻyuvchi ishqor taʼsir ettirib olgan moddani nilin deb nomlagan. 1842-yilda esa N. N. Zinin nitrobenzolni (NH4)2 SO3 taʼsirida qaytarish reaksiyasi orqali nilinni sintez qildi va uni „benzidom“ deb nomladi. Bu usul sanoatda keng miqyosda tatbiq etildi. 1843-yilda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullar yordamida olingan barcha moddalarning bir xil birikma ekanligini isbotladi va shu bilan anilin boʻyoqlar sanoatiga asos solindi. Anilin kuchsiz asos xossali boʻlib, unga tegishli re-aksiyalar orasida diazotlash reaksiyasi, yaʼni nitrit kislota bilan boʻladigan reaksiya katta ahamiyatga ega, chunki bunda olinady-gan diazobirikmalar koʻpchilik organik boʻyoqlarni sintez qilishda ishlatiladi. Anilin oksidlansa qora nilin va emeraldin degan boʻyoqlar hosil boʻladi. Anilin farmatsevtika moddalari, plastmassalar olishda ham ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil