Angliya-amerika urushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angliya-amerika urushi (1812 -14) — bir tomondan, Angliyaning AQSH savdosi va iqtisodiyotini barbod qilishga intilishi va ikkinchi tomon-dan, AQShning o‘z yerlarini kengayti-rish, Kanadani bosib olish yo‘lidagi intilishlari oqibatida vujudga keldi. 1812 y. 18 iyunda AQSH Angliyaga urush e’lon qildi. Xalqaro vaziyatning qulay kelganligiga qaramay, AQSH Kanadaga bostirib kira olmadi. AQSH qo‘shinlari Eri ko‘li (1813 y. sent.), Shampleyn ko‘li (1814 y. sent.) va b.da g‘alaba qozondilar. Biroq, Angliya AQSH qirg‘og‘ini qamal qildi va 1814 y. 24 iyulda askar tushirib, Vashingtonni egalladi va ko‘p qismiga o‘t qo‘ydi (1814 y. avg .). Urush davomida amerikaliklarning harbiy harakatlari AKShning mustaqillik uchun kurashiga aylanib ketdi. 1814 y. 24 dek.da Gent shartnomasi imzolandi. Bu shartno-ma urushdan oldingi vaziyatni tikladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil