Anesteziologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anesteziologiya - klinik tibbiyot sohasi, jarrohlikda organizmni og‘riqsizlantirish, operatsiya vaqtida uning muhim hayotiy funksiyalarini boshqarish masalalarini o‘rganadi. Anesteziologiya mustaqil fan sifatida bundan bir necha o‘n yil ilgari shakllandi. O‘zbekistonda anesteziologiya xizmati bekamu koʻst yo‘lga qo‘yilgan; yirik shifoxonalarda maxsus anesteziologiya boʻlimlari bor. Anesteziologiya kafedralarida anesteziolog mutaxassislar tayyorlanadi va i.t. ishlari olib boriladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil