Aneroid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aneroid (yun. a — inkor qoʻshimchasi — manfiy zarra, neros — suv), metall barometr — atmosfera bosimini ul-chash uchun ishlatiladigan asbob. Asosiy ish qismi ichidan havosi soʻrib olingan elastik xususiyatli yassi toʻgarak quticha, ustki va ostki yuzasi toʻlqinsimon qilib burmalangan. Havo bosimi oʻzgarganda quticha oʻz shaklini oʻzgartiradi (bosim oshganda quticha siqiladi, kamayganda kengayadi) va bu oʻzgarish richaglar tizimi yordamida shkalada harakatlanuvchi milga uzatiladi. A. shkalasi simobli barometr yordamida darajalanadi. Mil koʻrsatishi boʻyicha shkala uzatmasidan tashqari temperatura va qoldiq deformatsiya uchun tuzatma ki-ritiladi. Har bir yangi A.ga tegishli tuzatmalar jadvali beriladi. A. nisbiy asbob, uning aniqligi 1-2mbar. A. me-teorologiya stansiyalarida ehgiyot barometr sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil