Anemiya (oʻsimlik)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anemiya (Anaemia) — qirqquloqdoshlarta mansub koʻp yillik sporali oʻsimliklar turkumi (urugʻi). Sporasiz barglari patsimon. Spora-li barglarining yaproklari qisqargan, oʻqtomiri uzaygan. Sporalari bar-gning faqat eng pastidagi bir juft yaproqchalarida joylashgan. 140dan ortiq turi bor. Shundan 96 ga yaqini Amerika, Afrika va Madagaskarning 520tropik yerlarida keng tarqalgan, bir turi Hindistonda oʻsadi, 50 ga yaqin turi qazilma holda uchraydi. A.ning changi va barg izlari Turkiston va boshqa joylarning yura va, asosan, boʻr qatlamlaridan koʻplab topilgan. Oʻzbekistonda A.ning 10 tacha qazilma turi maʼlum. Ularning kupchili-gi Hisor togʻlari, Fargʻona vodiysining janubiy hududlari, Fargʻona togʻlarining shimoliy qismi, Buxoro, Xiva depressiyasining yura va bur qatlamlaridan topilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil